Oʻquvchilar topshiriqni telefonda bajaradi, javoblar oʻzi tekshiriladi. Yuborishdan oldin «Sozlamalar»ni oching: u yopiq turadi, lekin topshiriq qanday ishlashini aynan u belgilaydi.
- 1Topshiriq sahifasida «Oʻquvchilarga yuborish» tugmasini bosing (oliy taʼlimda «Talabalarga yuborish») va guruhni tanlang. Har bir guruhga oʻz havolasi beriladi, natijalar guruhlarga oʻzi ajraladi.
- 2«Sozlamalar»ni bosib oching va quyidagi toʻrtta sozlamani tanlang.
- 3«Havolani yaratish»ni bosing. Havolani Telegram guruhga yuboring yoki QR kodni doskada koʻrsating.
Oʻquvchiga ilova ham, akkaunt ham kerak emas: havolani ochadi, ismini yozadi va boshlaydi.
Toʻrtta sozlama
«Sozlamalar» yuborish oynasining pastida, yopiq holda turadi. Unda hozirgi tanlov qisqa yozilgan. Bosing, toʻrtta sozlama ochiladi.

Muddat

«Muddatsiz» tanlansa, havola doim ochiq. «Belgilangan vaqtgacha» tanlansa, kun va soatni belgilaysiz, shu vaqtda topshiriq yopiladi va kech qolganlar javob yubora olmaydi. Uy vazifasi uchun qulay.
Vaqt

«Taymer bilan» tanlansa, 10 daqiqadan 60 daqiqagacha belgilaysiz yoki «Boshqa» bilan oʻzingiz yozasiz. Vaqt har bir oʻquvchida «Boshlash»ni bosganda boshlanadi. Vaqt tugasa, yozganlari oʻzi tekshirilib, yuboriladi. Darsdagi nazorat uchun.
Toʻgʻri javoblar

«Har qismdan keyin»: oʻquvchi har qismni tekshiradi, toʻgʻri javob va izohni darhol koʻradi, xatosidan oʻrganadi. «Oxirida»: oʻquvchi hammasiga javob yozib, bir marta yuboradi va faqat bahosini koʻradi. Toʻgʻri javoblar topshiriq yopilgandan keyin ochiladi, shuning uchun ish paytida bir-biriga aytib bera olmaydi.
Savollar tartibi

«Har oʻquvchiga boshqacha» odatda tanlangan: har kim savollar va javob variantlarini oʻz tartibida koʻradi, chatda tarqalgan «1-a, 2-c» kabi javoblar boshqalarga toʻgʻri kelmaydi. «Hammaga bir xil» darsda «3-savol» deb birga muhokama qilish uchun.
Qaysi birini tanlash kerak?
Darsdagi nazorat ishi
Taymer bilan (20–30 daqiqa) · Oxirida · Har oʻquvchiga boshqacha
Uy vazifasi
Belgilangan vaqtgacha · Har qismdan keyin
Darsda birga mashq
Muddatsiz · Har qismdan keyin · Hammaga bir xil
Koʻpchilik bilmaydigan narsalar

- Javoblar kelishi bilan topshiriq sahifasida koʻrinadi. Dars paytida kim boshlagani va kim tugatganini kuzatib turing.
- «Oxirida» tanlasangiz, muddat qoʻying yoki ishdan keyin topshiriqni «Yopish» bilan oʻzingiz yoping. Shunda oʻquvchilar toʻgʻri javoblar va izohlarni koʻradi.
- QR kodni proyektor yoki doskada koʻrsating: oʻquvchilar havolani yozmasdan telefon kamerasi bilan kiradi.
- Shu topshiriqni «Boshqa guruhga yuborish» bilan yana bir guruhga bering. Har guruh natijasi alohida koʻrinadi.
- Guruhning Telegram chatiga Bilimlink boti qoʻshilgan boʻlsa, topshiriq u yerda oʻzi eʼlon qilinadi.